Jamiyat | 15:49 / 01.06.2018
21723
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolar sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma'lumotnomani endi DXMdan olishi mumkin

Foto: Prezident matbuot xizmati

2018 yil 1 iyun kunidan Toshkent shahar va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolar sudlanmaganlik (sudlanganlik) to‘g‘risidagi ma'lumotnomani olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlariga murojaat qilishlari lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV axborot markazi xabar bermoqda.

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi 4a uy); mo‘ljal Minor metro bekati. 

Viloyatlar hududida joylashgan shahar va tumanlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar esa yuqoridagi ma'lumotnomani olish uchun, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligiga qarab, viloyat markazidagi Adliya boshqarmalari qoshidagi Davlat xizmat ko‘rsatish markazlariga murojaat qilishlari lozim.

Shu bilan birga, fuqarolar ma'lumotnomani olish uchun elektron ravishda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”ga, anketani to‘ldirish yo‘li bilan my2.gov.uz elektron manzilga murojaat qilishlari mumkin.

Mavzuga oid