Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan davlat xizmatlarini körsatiş tizimi soddalaştirilgani, byurokratik tösiqlar qisqartirilgani munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Özgarişlar orasida bolalarni davlat boğçalariga joylaştirişni soddalaştirişga qaratilgan tartiblar ham bor.
Jumladan, bolalarni davlat maktabgaça ta’lim taşkilotiga qabul qiliş uçun rasmiylaştirilgan yöllanmalarni maktabgaça ta’lim taşkilotiga axborot tizimi orqali yuboriş tartibi joriy etildi. Bunda, yöllanma rasmiylaştirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuboriladi va şu tasdiq kod asosida bola maktabgaça ta’lim taşkilotiga qabul qilinadi.
Fuqarolarga yöllanma oliş uçun berilgan sörovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda özgartiriş imkoniyati yaratildi. Bolalarni maktabgaça ta’lim taşkilotiga qabul qiliş davlat taşkilotlarining aybi bilan keçikkanda, yöllanma öz kuçida qoladi.
Qaror bilan quyidagi yangiliklar ham joriy etilmoqda:
– elektron raqamli imzo kalitini berişda jismoniy şaxslar biometrik (Face-ID) identifikatsiya qilinadi va elektron raqamli imzo kaliti avtomatik tarzda rasmiylaştirib beriladi;
– qurilişi tugallanmagan obektga birlamçi kadastr pasportini şakllantirişda vafot etgan şaxsning yaqin qarindoşlariga uning nomidan murojaat qiliş tartiblari belgilandi;
– avtomototransport vositalarini qayta jihozlaş uçun ruxsatnoma beriş muddati avtomototransport vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş muddati bilan muvofiqlaştirildi va avtomototransport vositalarini qayta jihozlaş uçun ruxsatnoma beriş muddati 10 kun etib belgilandi;
– katta hajmli va oğir vaznli yuklarni avtomobil transportida taşiş uçun ruxsatnoma berişda arizani körib çiqiş muddati 8 iş kunidan 2 iş kuniga kamaytirildi;
– avtomototransport vositasini boşqariş huquqini beruvçi işonçnomani elektron şaklda rasmiylaştirişda mulkdorning Majburiy ijro byurosi bazasida qarzdorligini tekşiriş axborot tizimlari orqali avtomatik ravişda amalga oşirilişi belgilandi;
– fuqarolarga avtomobil transportida yölovçilarni taşiş faoliyatiga litsenziya oliş jarayonida özini özi band qilgan şaxsni davlat soliq xizmati organlarida röyxatdan ötkaziş xizmatidan kompozit usulda foydalaniş imkoniyati yaratildi.












