1 avgustdan boşlab avtomobillarga davlat raqami belgilari tasodifiy tanlaş yöli bilan beriladi. Bu haqda «Özbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga avtomobil yöllarida harakat xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi 17 iyul kuni qabul qilingan qarorida söz boradi.

Hozirgi tartib böyiça davlat raqami belgilari ösib boruvçi raqamlaş ketma-ketligi böyiça berilmoqda («çiroyli raqamlar» bundan mustasno, ular auksion orqali sotiladi).

Yangi tartibga köra, davlat raqamlari Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimining «Davlat raqam belgilari» moduli orqali avtomatik tarzda şakllantiriladi.

Qarorga köra, 1 dekabrdan YHXB mobil ilovasi, xizmatning rasmiy sayti, Call-markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali avtomobillarni röyxatdan ötkaziş va raqam beriş böyiça murojaatlarni yuboriş va tölovni amalga oşiriş mumkin böladi.