Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Lavrovga taklif bilan chiqqan
Foto: TASS, Valeriy Sharifulin
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga joriy yilda Rossiya hamda KXDR hukumati o‘rtasida yuqori darajada uchrashuv o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. Shimoliy koreyalik yetakchining so‘zlari Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan keltirilgan.
Avvalroq, Rossiya TIV rahbari 31 may kuni Shimoliy Koreyaga tashrif buyurib, Kim Chen In bilan uchrashgani xabar qilingandi.
Markaziy telegraf agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Lavrov va Kim Chen In ikki tomonlama munosabatlar holati, shuningdek, Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama qilgan. Shimoliy koreyalik yetakchining fikricha, uchrashuv «do‘stona va foydali» bo‘ldi.
«Muloqot davomida oliy darajadagi aloqalarni faollashtirish, turli sohalarda hamkorlik qilish, xususan, KXDR va Rossiya oliy rahbariyatining uchrashuvini joriy yilda tashkillashtirish haqida kelishib olindi. Bu yil ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 70 yil to‘ladi», - deyiladi agentlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov Kim Chen Inga «sirlarga mo‘ljallangan» quticha sovg‘a qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
07:38 / 05.05.2026
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
09:23 / 04.05.2026
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
16:56 / 01.05.2026