Jahon | 15:36 / 01.06.2018
9217
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml Kim Chen In va Putinning uchrashuvini istisno etmadi

Foto: Komsomolskaya Pravda/Global Look Press

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘zaro uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda RF yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.

«Ha, bunday uchrashuv haqiqatdan ham o‘tkazilishi mumkin, uning qayerda bo‘lib o‘tishi va vaqti diplomatik kanallar orqali muvofiqlashtirib boriladi», - deya ma'lum qildi u.

Shuningdek, u bunday uchrashuv Pekinda bo‘lib o‘tishi mumkinligi hamda ushbu variant muhokama etilayotganiga doir savolga javob qaytargan.

«Yo‘q, aniq - yo‘q. Muhokama qilinayotgani yo‘q», - deya xabar bergan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Lavrovga taklif bilan chiqqani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid