O‘zbekiston | 00:54 / 01.06.2018
3592
1 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlar uchun turli mavzudagi xaritalarni ishlab chiqarish liberallashtirilmoqda

Mehmonxona, qadamjolar va boshqa infratuzilma obektlar tasvirlangan holda sayyohlar uchun tayyorlanishi ko‘zda tutilgan turli mavzudagi xaritalarni chop etishda endi kartografik ishlarni olib tashkil qilish bo‘yicha alohida litsenziya talab etilmaydi. Bu haqda hukumat tomonidan 29 may kuni imzolagan hujjatda shunday deyiladi. 

Ushbu tashabbus bilan O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarga turli mavzuda ishlab chiqarilgan xaritalarni taklif etish imkoniyati ancha oshishi mumkin. Shuningdek, hukumat qarorida ta'kidlangan bandlar xaritalarni ishlab chiqarish va tarqatish narxiga ham ta'sir qilib, uni arzonlashtirishini nazarda tutadi. 

Shunday qilib, turli qiziqishga ega bo‘lgan sayyohlarga har xil xaritalarni mavzularga ixtisoslashtirilgan holda sotish mumkin.

Mavzuga oid