Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT oliy darajadagi sammitida nechta hujjat qabul qilinishi ma'lum
Joriy yilning 9-10 iyun kunlari Xitoyning Tsindao shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti yakunlari bo‘yicha taxminan 20ta hujjat qabul qilinadi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Rashid Alimov ma'lumot berdi.
"Tsindaodagi sammit yakunlari bo‘yicha deyarli 20ta hujjatning qabul qilinishi kutilmoqda. Ular mintaqaviy hamda xalqaro kun tartibining deyarli barcha jihatlariga aloqador. Terrorizmga qarshi ayovsiz kurash va ekstremizm bilan kurashishdan tortib, savdo, iqtisodiyot, atrof-muhitni muhofaza qilishdagi hamkorlikni kengaytirishga qadar", - deya ma'lum qildi Alimov ShHTning birinchi mediasammiti ochilishida.
Uning aniqlik kiritishicha, Tsindao deklaratsiyasi yakuniy, asosiy siyosiy hujjatga aylanadi.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari yoshlarga maxsus murojaat qabul qiladi. U ShHT yosh avlodi bilan ko‘proq ishlashga turtki beradi. Alimovning qo‘shimcha qilishicha, madaniyat, ilm-fan va ta'lim sohasidagi o‘zaro aloqalarga alohida e'tibor qaratiladi. YuNeSKO bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston harbiylari ShHTning «Tinch missiya-2018» mashqlarida ishtirok etishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026