Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT)ga a'zo davlatlar harbiy delegatsiyalari Rossiyaning Çelyabinsk oblastiga avgust oyida Çebarkul poligonida bölib ötadigan «Tinç missiya-2018» qöşma terrorçilikka qarşi qömondonlik-ştab maşqlariga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiliş uçun yetib keldi.

Hindiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy Xalq Respublikasi, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Özbekistonning harbiy vakillari Çelyabinsk oblastidagi poligonda maşqlar konsepsiyasi, amaliy harakatlar rejasi, şuningdek, «Tinç missiya-2018»ga har bir mamlakatdan jalb etiluvçi kuç va vositalarni muhokama qilmoqda. Şuningdek, delegatsiyalar logistika masalalari, harbiy texnika va qurilmalarni Rossiya hududiga olib boriş töğrisidagi masalalarni ham muvofiqlaştirmoqda.

Mazkur maşğulotlar doirasida ŞHTga a'zo davlatlarning boş ştab boşliqlari uçraşuvi ham bölib ötadi, deb xabar berişgan Rossiya Markaziy harbiy okrugi matbuot xizmatidan.

ŞHTga a'zo davlatlar hududida «Tinç missiya» terrorçilikka qarşi maşqlar har ikki yilda bir marta ötkaziladi. Sönggi maşğulotlar 2016 yilda Qirğizistondagi Issiqköl köli yaqinidagi Edelveys poligonida ötkazilgan.