Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent City 4 yil ichida quriladi
Tashkent City Xalqaro biznes markazida (XBM) loyihalashtirishdan tortib, obektlarni to‘liq ishga tushirish jarayonini 4 yil ichida yakunlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tashkent city direksiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Loyiha ikki bosqichga bo‘linadi: kongress xollga ega mehmonxona, turar-joy binolari va park hududini birinchi navbatda (2,5 yil) foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda, deya ta'kidlaydi direksiya.
Kongress xoll qurilishi ustuvor vazifaga aylangan, bu yerda poydevor barpo etish ishlari olib borilmoqda. Boshqa uchastkalarda mavjud binolarni buzish jarayoni tugallanmoqda.
Shayxontohur tumani hokimligi ko‘chiriladigan oilalarni uy-joy bilan ta'minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Investorlar tanlangan uchastkalarda binolar va infratuzilmalarning batafsil loyihalarini ishlab chiqishmoqda.
Toshkent shahrining Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida Tashkent City xalqaro biznes markazi bunyod etilmoqda.
Bugungi kunda mazkur zamonaviy markaz qurilishi yettita lotda jadal olib borilmoqda. Hozirgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, yer osti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan.
Loyihani amalga oshirishga ARUP (Buyuk Britaniya, arxitektura konsepsiyasini ishlab chiquvchi), Cushman and Wakefield (AQSh, tijorat konsepsiyasini ishlab chiquvchi), SF Landscape Architecture (Italiya, landshaft konsepsiyasini ishlab chiquvchi), Prime Tower Group (O‘zbekiston, bosh loyihachi) va Discover Invest (O‘zbekiston, bosh pudratchi) ekspertlari jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro kompaniyalar Tashkent City qurilishiga investitsiya kiritayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:13 / 23.07.2025
Xitoy kompaniyasi Chilonzorda 340 mln dollarlik turar joy majmuasi va biznes markazi quradi
19:10 / 25.12.2024
Tashkent City bog‘ida 10 yanvargacha avtomobillar harakati cheklanadi
07:53 / 16.10.2021
Tashkent City’dagi bog‘ xususiylashtiriladi
11:54 / 14.10.2021