Foto: Prezident matbuot xizmati

Toşkent şahrining Alişer Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat köçalari oraliğida Tashkent City xalqaro biznes markazi bunyod etilmoqda. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yil 6 aprelda ham bu yerga taşrif buyurib, inşootlarni zamonaviy va sifatli qilib quriş böyiça körsatmalar bergan edi.

Bugungi kunda mazkur zamonaviy markaz qurilişi yettita lotda jadal olib borilmoqda. Hozirgaça 42 ming kub metr tuproq işlari bajarilgan, yer osti monolit qoplamalarini mustahkamlaş yakunlangan. 

Xorijiy investorlar ham bu istiqbolli loyihada iştirok etişga katta qiziqiş bildirmoqda. Bugungi kunda “Tashkent City” ma'muriy kengaşi tomonidan qariyb 10 sarmoyador sub'yekt bilan hamkorlik tasdiqlangan. Ular orasida Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yirik quriliş kompaniyalari bor.

Davlat rahbari mazkur biznes markazi qurilişining borişi bilan tanişdi. Quruvçi va muhandislar, xorijlik mutaxassislar bilan suhbatlaşdi. Mehmonxona va kongress-xolda xalqaro tadbirlarni ötkaziş uçun barça şaroitlar yaratiş, zallarni bezatiş va jihozlaşda milliyligimizga e'tibor qaratiş zarurligini ta'kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, avvalroq prezident “Humo Arena” qurilişini borib körgandi.