O‘zbekiston | 18:57 / 01.06.2018
15269
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga rais va uning o‘rinbosarlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi va rais o‘rinbosarlari tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar berdi.

Sardor O‘ktamovich Umurzoqov “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi. U bundan avval “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Sardor O‘ktamovich
Foto: O‘zcharmsanoat

Shuningdek, Faxriddin Atoyevich Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari etib;

Mirsaid Miralimovich Zohidov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisining o‘rinbosari etib;

Ravshan Turg‘unovich Salohov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandilar.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2018 yilning 30 may kuni bu haqdagi tegishli qarorlarni imzolagan.

Mavzuga oid