Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT MH17 halokatini surishtiruvdan o‘tkazishda ishtirok etmayapti
Foto: Antonio Bronic/Reuters
YeXHTning maxsus monitoring missiyasi ishtirokchilari 2014 yil iyul oyida Donetsk uzra osmonda urib tushirilgan Malayziyaning Boeing 777 halokatini surishtiruvdan o‘tkazish jarayonida ishtirok etishmayapti. Bu haqda YeXHTning Ukrainadagi maxsus monitoring missiyasi rahbari o‘rinbosari Aleksandr Xug ma'lum qildi.
«Bizda monitoringni amalga oshirishga mandat bor. Biz uni 2014 yildan beri bajarmoqdamiz hamda bu hisobotda samolyot halokatga uchragan tumanda bo‘lganimizga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Biz halokat joyiga borishga ko‘mak ko‘rsatdik, bu jasadlar qoldiqlarini olib ketishni ta'minlash uchun kerak edi. Biz talab etiladigan bo‘lsa, buni qilishda davom etamiz», - deya ta'kidlab o‘tgan u.
U bu ish bo‘yicha ma'lumotlar bor ekaniga doir savolga javob qaytarib, halokatni surishtiruvdan o‘tkazish vakolatli organlar vazifasi ekanini ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov MN17 bo‘yicha vaziyatni Skripallar ishi bilan tenglashtirgandi.
Mavzuga oid
08:41
Rossiya: Ukrainadagi xorijiy qo‘shinlar - “qonuniy harbiy nishonlar”
19:07 / 08.01.2026
Britaniya va Fransiya tinchlik shartnomasidan keyin Ukrainaga 15 minggacha askar yuborishni rejalashtirmoqda
14:28 / 08.01.2026
Berlinda Mersning ukrainalik erkaklar haqidagi so‘zlariga izoh berildi
13:35 / 08.01.2026