Jamiyat | 16:53 / 02.06.2018
57558
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada avtomobil gaz balloni portladi, haydovchi halok bo‘ldi

1 iyun kuni Farg‘ona shahrida Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan “Mig Oil Metan” MChJga qarashli avtomashinalarga metan gaz quyish shoxobchasida  Qo‘shtepa tumanida yashovchi nafaqaxo‘r S.S. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasiga gaz to‘ldirayotgan vaqtida avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni portlab ketgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Natijada gaz shoxobchasi ishchisi M.Sh. voqea joyida vafot etgan hamda Yozyovon tumanida yashovchi yana fuqaro I.O. jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan. Gaz ballonning portlash sabablari o‘rganilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid