Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 6 nafar politsiyachi otib tashlandi
Meksikaning Salamanka shahrida noma'lum shaxslar yo‘l politsiyasi xodimlarini o‘qqa tutdi. Bu haqda Reuters mahalliy OAVga asosan xabar bermoqda.
Rasmiylar ma'lumotiga ko‘ra, politsiyachilar rejali ravishda patrul xizmatini olib borishgan. Shu paytda uch nafar qurollangan shaxs avtomobildan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini o‘qqa tutgan, shundan so‘ng voqea joyidan yashirinishgan.
Natijada olti politsiyachi halok bo‘ldi. Hujumga nima sabab bo‘lgani noma'lum.
Agentlikning davlat statistikasiga tayangan holda ta'kidlashicha, Meksikada 2017 yilda qotilliklar soni rekord ko‘rsatkichga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksika shtatlaridan birida 62 kishi o‘ldirilgandi.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026