Jahon | 01:03 / 02.06.2018
4677
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kim Chen In bilan uchrashishga rozi bo‘ldi

Foto: AFP 2018 / Mandel Ngan

AQSh prezidenti Donald Tramp 12 iyunda Singapurda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashadi. U bu haqda Shimoliy Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra ma'lum qildi. 

Shimoliy Koreya vakili Trampga Kim Chen Inning maktubini topshirgan. Tramp xatni “juda qiziq” deb atagan, biroq uning mazmunini oshkor qilmagan.

Tramp ishlar yaxshi ketayotgani sababli Shimoliy Koreyaga nisbatan “maksimal bosim” degan atamani boshqa qo‘llashni istamayotganini va Pxenyan yadroviy qurolsizlanishga tayyorligini bilishini aytgan. Tramp, shuningdek. Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritmaslikka va'da bergan.

Tramp Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavroving Kim Chen In bilan uchrashuviga salbiy qarashini aytgan. 

Tramp o‘tgan hafta Pxenyanning “dushmanona” bayonotlari sababli Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashishni zarur deb hisoblamasligini aytgan. Biroq keyinroq Tramp ikki davlat tarixidagi ilk sammit 12 iyunda bo‘lib o‘tishiga umidi so‘nmaganini qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga oid