Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Putinning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Foto: Jorge Silva/AP
Oq uy Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ehtimoliy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Nomi oshkor etilmagan yuqori mansabli amaldorning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Xantsman mamlakatlar yetakchilari uchrashuvini tashkillashtirishda yordam ko‘rsatish maqsadida Vashingtonga kelgan. Biroq, tayyorgarlik jarayoni hozirgi paytda eng dastlabki bosqichda turibdi.
«Putin va Tramp o‘rtasidagi rasmiy uchrashuvni tashkillashtirish - elchi Xantsmanning hozirgi loyihasi, u bir necha oy davom etadi», - deya aytib o‘tgan manba.
Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov aprel oyida, Tramp 20 mart kungi telefon muloqoti davomida Putinni Oq uyga taklif qilgani haqida xabar bergandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Kim Chen In va Putinning uchrashuvini istisno etmagandi.
Mavzuga oid
21:16
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28