Toshkentda Xalqaro velosiped kuni munosabati bilan marafon tashkil etildi
3 iyun - Xalqaro velosiped kuni munosabati bilan ilk marotaba Toshkent shahri, “Ashxobod” sayilgohida velomarafon o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, chet el tashklotlari xodimlari va barcha havaskorlar ishtirok etishdi.
Tantanali marosimda Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Shiri Shiriyev, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili Helena Freyzer va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilovlar so‘zga chiqishdi.
Mazkur velopoygada 400ga yaqin ishtirokchi qatnashib, 4,5 km masofani bosib o‘tishdi.
Xuddi ana shunday tadbir Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida “Sog‘lom oila - jamiyat boyligi” shiori ostida o‘tkazildi.
Mazkur velomarafon Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi Toshkent viloyati tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Musobaqa uch yosh toifasida: 18-30, 31-45 va 45 yoshdan oshgan ayollar o‘rtasida tashkil etildi. Marafonda nafaqat professional sportchilar, balki Quyichirchiq tumanida patronaj xizmatini olib borayotgan oddiy hamshiralar ham ishtirok etishdi.
Quyichirchiq tumanining “Oydinobod” MFY, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi bo‘ylab jami 2,5 km masofaga o‘tkazilgan marofonda Quyichirchiq va unga yaqin hududlardagi tumanlardan 150 nafarga yaqin xotin-qiz ishtirok etishdi. “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun”, “Eng faol ayol poygachi”, “Eng yosh ayol poygachi”, “Eng mahoratli poygachi” va “Eng yoshi ulug‘ poygachi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ular tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Mavzuga oid
17:10 / 26.10.2024
Inson matonati – 61 yoshida supermarafonda g‘olib chiqqan avstraliyalik cho‘pon
10:50 / 14.10.2024
Keniyalik sportchi marafonda yangi jahon rekordini o‘rnatdi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
23:49 / 10.08.2024