23:24 / 04.06.2018
24004

Dunyoning eng qimmat futbolchilari e'lon qilindi

«Tottenhem» klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn Football Observatory talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat futbolchisi deb tan olindi. Uning transfer narxi 201 million yevroga baholanmoqda.

Ikkinchi va uchinchi pog‘onadan «Pari Sen-Jyermen» hujumchilari Neymar (€195,7 mln) va Killian Mbappe (€186,5 mln) joy oldi.

Hisob-kitobda futbolchining yoshi, amaldagi shartnomasi, samaradorligi va gollari soni, jamoadagi roli, chempionat saviyasi inobatga olindi. 

Dunyoning eng qimmat futbolchilari o‘nligiga «Barselona»dan Lionel Messi (€184,2 mln), «Liverpul»dan Muhammad Saloh (€171,3 mln), «Tottenhem»dan Dele Alli (€171 mln), «Manchester Siti»dan Kevin de Bryuyne (€167,2 mln), «Atletiko»dan Antuan Grizmann (€164,5 mln), «Yuventus»dan Paolo Dibala (€164,2 mln), «Manchester Yunayted»dan Romelu Lukaku (€163,4 mln) ham kirdi.

«Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi Krishtianu Ronaldu (€103,4 mln) ro‘yxatda 24-pog‘onani egalladi.

Top