Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hozir emas». Trampning maslahatchisi KXDRga bosim haqida gapirdi
Foto: AP
AQSh prezidenti huzuridagi Milliy iqtisodiy kengash rahbari Lourens Kadlouning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalari yaqin vaqt ichida kuchsizlantirilmaydi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
«Vaqti kelib ular kuchsizlantiriladi, biroq hozir emas», - deya aytib o‘tdi Kadlou.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘z oldiga Shimoliy Koreya bilan muzokaralar to‘xtamasligini ta'minlash vazifasini qo‘ymoqda.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati KXDRning butunlay yadrosizlanishi uchun vaqt talab etilishini yaxshi tushunib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inning maktubini ko‘rsatgandi.
Mavzuga oid
15:28
Uitkoff AQShda Putinning elchisi Dmitriyev bilan uchrashdi
14:39
Harbiy tergov: Erondagi maktabga berilgan raketa zarbasi uchun AQSh javobgar
11:44
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasiga hujum qilindi
11:37