Oq uy AQŞ prezidenti Donald Trampning Koreya Mehnat partiyasi MQ raisi örinbosari Kim Yon Çxoldan Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In maktubini qabul qilib olayotgani tasvirlangan fotosuratini e'lon qildi. Bu haqda The Hill yozmoqda.

Tramp maktubni qiziqarli va yaxşi, deb atagan, biroq uni hali öqimaganini tan olgan. Ta'kidlanişiça, maktubni topşirişdan avval, uni AQŞ mansabdor şaxslari közdan keçirişgan.

The Wall Street Journal gazetasi ma'lumotiga köra, KXDR yetakçisi öz maktubida davlatlar örtasidagi sammitni ötkazişdan manfaatdor ekani haqida yozgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagonning AQŞ - KXDR muzokaralaridagi örni aytilgandi.