Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin aksilsanksiyalar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «AQSh va boshqa xorijiy davlatlarning nodo‘stona harakatlariga ta'sir o‘tkazish choralari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida e'lon qilindi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjat AQSh va boshqa mamlakatlarning nodo‘stona harakatlariga javoban qarshi sanksiyalarni joriy etish imkonini beradi. Choralar davlatlar, ularning yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Loyihaning mualliflari Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin va fraksiyalar rahbarlari bo‘ldi. Shu bilan birga, hujjat parlament quyi palatasida ko‘rib chiqilganda, uning mazmuni sezilarli darajada o‘zgardi.
Dastlabki tahrirda hukumatga 16ta javob chorasiga huquq berilgan. Ikkinchi o‘qishga kelib ular oltita qolgan.
Qonun loyihasi boshqa cheklovlarni kiritishga imkon beradi - «o‘zgaruvchan vaziyatga tezkorlik bilan munosabatda bo‘lish uchun prezident qaroriga muvofiq».
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026