Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida “bedarak yo‘qolgan” shaxsning jasadi o‘z uyidan topildi
2017 yil 19 sentabrda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2017 yil 16 sentabr kuni birga yashagan turmush o‘rtog‘i H.A. uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida marhum H.A.ning uyida yollanib ishlagan Bo‘stonliq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan B.S. erini bedarak yo‘qolganligi haqida ariza bergan uy bekasi Z.A. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2017 yil 17 sentabr kuni marhum H.A. uyi ayvonida uxlab yotganida B.S. uning boshiga bolg‘a bilan urib o‘ldirib, Z.A. bilan birgalikda jasadni uyi hovlisiga ko‘mib yuborganliklari aniqlangan.
B.S. va Z.A. ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda MFY rais kotibi 24 yoshli qizning qotilligida gumonlanib ushlangan edi.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026