Jahon | 07:41 / 05.06.2018
4760
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro bayonot berdi: Venesuela ADTni tark etadi

Foto: Globovision

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, mamlakat Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) sammitlarida boshqa ishtirok etmaydi. Bu haqda Globovision xabar bermoqda.

«Biz ADTni qoralaymiz va uni tark etmoqdamiz, bu tasdiqlangan», - dedi Maduro.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan ADT bosh assambleyasi Venesuela TIV rahbari ishtirok etgan so‘nggisiga aylandi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh vakillari ADTdagi Lotin Amerikasi barcha davlatlari hukumatlariga qarshi shantaj va tahdidlar «jinoiy kampaniyasini» amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro gazetalar uchun qog‘oz yo‘qligida muxolifatni ayblagandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid