Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, gazetalar chop etish uchun qog‘oz yo‘qligida mamlakat muxolifati aybdordir. Bu haqda El Nacional yozmoqda.
«Muxolifat yetakchilari sanksiyalar joriy etilganiga javobgardir, aynan shu sanksiyalar tufayli biz qog‘ozni na ishlab chiqara olyapmiz, na import qilmoqdamiz», - degan Maduro.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, aloqa vaziri Xorxe Rodrigesga Venesuelada qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha korxona tashkil etish haqida topshiriq bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroittifoq Venesuelaga talab qo‘ygandi.














