Jahon | 08:45 / 05.06.2018
4543
1 daqiqa o‘qiladi

Mey po‘lat va alyuminiy importiga bojlarni asossiz, deb atadi

Foto: Thierry Charlier/AP

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Britaniya vazirlar mahkamasi saytida xabar qilingan.

«Bosh vazir AQShning Yevropa po‘lat va alyuminiysiga bojlar joriy etish borasidagi qarori o‘zini oqlamasligi hamda bu juda yomon ekanini ma'lum qildi», - deyiladi xabarda.

Meyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh, Britaniya hamda YeI xavfsizlik sohasida yaqin ittifoqchilar sanaladi.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Yevropa butun dunyo bo‘ylab ochiq savdo naqadar muhim ekanini yaxshi tushunadi.

Shu bilan birga, tomonlar bu masalani yaqin orada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida muhokama qilishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya AQSh bilan o‘z manfaatiga zid bo‘lgan kelishuvlarga erishmasligi xabar qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid