Jamiyat | 16:15 / 05.06.2018
8744
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Illyustrativ foto

4 iyun kuni Samarqand shahar IIBga kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2015 yil avgust oyida Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi R.S. Tayloq tumanida yashovchi O.X.ga tanishlari Sh.B. va M.B.ni universitetga kontrakt asosida o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, ishonchiga kirib, undan 6.000 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida R.S. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid