Jahon | 18:46 / 05.06.2018
57617
2 daqiqa o‘qiladi

Putin nemis tilida jurnalistdan o‘z so‘zini bo‘lmaslikni so‘radi

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Avstriyaga tegishli ORF telekanaliga bergan intervyusida, jurnalist bir necha marotaba uning so‘zini bo‘lib qo‘ydi. Rossiya yetakchisi bunga javoban sabr qilish va uni oxirigacha eshitishni so‘radi hamda nemis tiliga o‘tib ketdi.

«Agarda siz sabr qilib, meni oxirigacha eshitsangiz, unda mening bu masala bo‘yicha fikrimni bilib olasiz. Maylimi?» - degan Putin. U jurnalistning Donbassda MH17 reysini amalga oshirgan Boeing samolyoti halokati haqidagi savoliga shunday reaksiya bildirgan. Boshlovchi Putinning javobini oxirigacha eshitishga sabri chidamay, bu masala bo‘yicha pozitsiyasini aniqlashtirishga uringan.

Putin Qrimda Rossiya kuchlarining 2014 yildagi ishtiroki bo‘yicha savolda ham o‘z so‘zini bo‘lmaslikni so‘ragan. «Bir soniya, menga javob qaytarishga imkon bering. Siz to‘xtamasdan savol berishni xohlaysizmi yoki mening javoblarim ham qiziqtiradimi?» - degan u.

Rossiya yetakchisi oxir-oqibat nemis tiliga o‘tib, suhbatdoshiga o‘z fikrini tushuntirishga harakat qilgan. «Menga javob qaytarishga imkon bering. Seien Sie so nett, lassen Sie mich etwas sagen ("Menga nimadir aytishga imkon bering")», - degan Putin.

To‘liq intervyuni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Rossiya Koreya yarim orolidagi vaziyat yaxshilanishi uchun barchasiga tayyor ekanini bildirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid