Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Avstriyaga qaraşli ORF teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, Moskva Koreya yarim orolidagi vaziyatga yeçim topiş uçun barça sa'y-harakatlarni körişga tayyor. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.

«Buning uçun barça sa'y-harakatlarni körişga tayyormiz. Biz Şimoliy Koreya rahbariyati bilan har doim aloqada bölganmiz, iqtisodiyot sohasida qator qöşma uç tomonlama loyihalarni taklif qilmoqdamiz. Bu infratuzilma loyihalari, Rossiyadan Şimoliy Koreyaga, keyin esa Janubiy Koreyaga temir yöli», - deya aytib ötdi Putin.

Uning sözlariga köra, XXR ham mintaqadagi vaziyat yadrosizlaniş tomoniga qarab harakatlanişi uçun öz hissasini qöşdi.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, «agarda barçamiz sa'y-harakatlarni birlaştirsak, özimizga kerakli natijalarga erişamiz».

Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Kim Çen Inga taklif bilan çiqqani xabar berilgandi.