Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiya Koreya yarim orolidagi vaziyat yaxshilanishi uchun barchasiga tayyor
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Avstriyaga qarashli ORF teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Moskva Koreya yarim orolidagi vaziyatga yechim topish uchun barcha sa'y-harakatlarni ko‘rishga tayyor. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
«Buning uchun barcha sa'y-harakatlarni ko‘rishga tayyormiz. Biz Shimoliy Koreya rahbariyati bilan har doim aloqada bo‘lganmiz, iqtisodiyot sohasida qator qo‘shma uch tomonlama loyihalarni taklif qilmoqdamiz. Bu infratuzilma loyihalari, Rossiyadan Shimoliy Koreyaga, keyin esa Janubiy Koreyaga temir yo‘li», - deya aytib o‘tdi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, XXR ham mintaqadagi vaziyat yadrosizlanish tomoniga qarab harakatlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shdi.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, «agarda barchamiz sa'y-harakatlarni birlashtirsak, o‘zimizga kerakli natijalarga erishamiz».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Kim Chen Inga taklif bilan chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:10
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:50
Monetochkaga Rossiyada bir yillik koloniya jazosi tayinlandi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026