Sport | 16:58 / 05.06.2018
21853
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu «Real»da qolishi uchun shart qo‘ydi

Foto: Reuters

Krishtianu Ronaldu yillik maoshi miqdori 75 million yevroga yetkazib berilsa, «Real»da qoladi. Bu haqda Cadena Cope radiosiga asoslangan holda Sport.es xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, faqat shu shart bilangina portugaliyalik hujumchi «Real» bilan 2023/24 mavsumi yakuniga qadar amalda bo‘ladigan yangi shartnoma tuzishi mumkin. Manbada ta'kidlanishicha, portugaliyalik futbolchi shu orqali dunyoning boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari Lionel Messi va Neymar bilan tenglashib olishni istamoqda.

Ayni vaqtda Ronalduning yillik maoshi miqdori 42 million yevroni tashkil etadi (soliqlar chiqarib tashlanmagan).

Ayni vaqtda Ronaldu soliqdan qochishi bo‘yicha ish doirasida sudni kutmoqda. U klub unga zararlarini qoplab berishidan umid qilgan.

Bundan avvalroq klub rahbariyati klubning boshqa futbolchilariga yomon o‘rnak bo‘lmasligi uchun bu ishda futbolchiga yordam bermasligi haqida xabarlar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, YeChL finalida «Liverpul»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin Ronaldu shu yozda Madrid klubini tark etishi mumkinligiga ishora qilgandi. Keyinroq OAVda Ronaldu jamoadoshlaridan ketish niyatini hech qachon yashirmagani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid