Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya Iroqda ham terrorchilarni yo‘q qiladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning yana bir bora ta'kidlashicha, Anqara mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid bo‘lgan istalgan urinishni qat'iy bartaraf etadi.
Erdo‘g‘an Iroq shimolida, xususan, Qandil va Sinjar viloyatlarida Turkiya qurolli kuchlari tomonidan terrorizmga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazilishini istisno qilmadi.
«Qandil va Sinjarga navbat keldi. Biz mamlakatni tashvishga solayotgan va unga tahdid qilayotganlarga qarshi hujum qilib keldik, hamda bu bundan keyin ham davom etadi», - dedi Turkiya yetakchisi Zonguldakdagi saylovoldi mitingida chiqish qilib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada karikaturachi Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun hibsga olingandi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026