Jahon | 08:14 / 06.06.2018
4772
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemaladagi vulqon sababli 192 kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum qilindi  

Foto: AP/ Santiago Billy

Gvatemalada Fuego vulqoni otilishi oqibatida 192 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda 5 iyunda mamlakatning favqulodda vaziyatlar oqibatlarini kamaytirish xizmati rahbari Serxio Kabanyas ma'lum qildi.   

“Bizda 192 kishi bedarak yo‘qolgan. Ularning ismlari, qaysi qishloqdan ekanliklari haqida ma'lumot bor”, deb aytgan Kabanyas.

Ma'lum qilinishicha, 75 kishi jasadi topilgan, ulardan 23 nafarining shaxsi aniqlangan. Shuningdek, 32 nafar odam shifoxonalarda qolayotgani, ulardan aksariyatining ahvoli og‘irligi ma'lum qilingan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid