Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda sobiq energetika vaziri ham qo‘lga olindi
Qirg‘iziston energetika va sanoat sobiq vaziri, Sotsial-demokratik partiyadan parlament deputati Osmonbek Ortiqboyev poytaxt IESning Xitoyga qarashli TVeA kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan modernizatsiyasi chog‘ida korrupsiya holatiga aralashib qolganida gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.
Joriy yilning yanvar oyida Bishkek IESda ro‘y bergan avariyadan so‘ng, Qirg‘izistonda strategik obekt modernizatsiyasi bo‘yicha yirik mojaro yuz berdi. Xitoyning TBEA kompaniyasi tomonidan Xitoy hukumati krediti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan modernizatsiya qiymati 386 mln dollarni tashkil etdi. Issiqlik markazlarining modernizatsiya qilingan qozonxonalari o‘tgan yilning sentabr oyida tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. 2013 yilning may oyidan 2014 yilning oktabr oyigacha Ortiqboyev respublika energetika va sanoat vaziri lavozimini egallagan. Ortiqboyevga nisbatan respublika bosh prokurori tomonidan jinoiy ish kuni kecha qo‘zg‘atildi.
"Tergov qilinayotgan jinoiy ish doirasida deputat Ortiqboyev JKning 303-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (“Korrupsiya”) jinoyatni sodir etganlik uchun gumonlanib qo‘lga olindi va MXDQ tergov izolyatoriga olib ketildi", - deya xabar beradi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov korrupsiya bo‘yicha jinoiy ishni surishtiruvdan o‘tkazish doirasida qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026