Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin jahon chempionati favoritlarini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati favoritlarini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
«U yerda jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun ko‘plab da'vogarlar bor - bu Lotin Amerikasi jamoalari ham - Argentina va Braziliya. Yaxshi bilamizki, Germaniya terma jamoasi avvalgi jahon chempionatlarida ajoyib o‘ynagan. Ispaniyaliklar juda yaxshi o‘yin sifati, juda chiroyli futbolni ko‘rsatgan.
Boshqa da'vogarlar ham bo‘lishi mumkin, biroq eng kuchli terma jamoa g‘alaba qozonishi aniq», - deya aytib o‘tdi Putin Xitoy Mediakorporatsiyasi saytida e'lon qilingan intervyuda.
2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin shoh emasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026