Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Ramazonning so‘nggi 10 kunida Qatar ziyoratchilarini qabul qiladi
Saudiya Arabistoni Qatar fuqarolariga muborak Ramazon oyining so‘nggi 10 kuni davomida Umra ziyoratini amalga oshirish uchun qirollikka kirishga ruxsat berdi.
Saudiya Arabistonining Haj va Umra ishlari bo‘yicha vazirligi tomonidan seshanba kuni taqdim etilgan bayonotga ko‘ra, Qatar fuqarolari tashrifni amalga oshirish uchun faqat rasmiy Saudiya kompaniyalari orqaligina murojaat qilishlari kerak.
Biroq shuni ta'kidlash joizki, qatarlik ziyoratchilar qirollikka faqat charter reyslar orqali borishi mumkin, zero ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar o‘tgan yilning iyunidan to‘xtatib qo‘yilgan.
Saudiya Arabistoni agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, arizachilar onlayn-viza olishni so‘rab murojaat qilishlari kerak, chunki hozirda Dohada Saudiya Arabistoni elchixonasi faoliyati to‘xtatilgan.
Saudiya birinchi marta qatarliklarga mamlakat hududiga kirishga izn bermoqda, zero ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar bir yil avval uzilgan.
O‘tgan yilning 6 iyunida Saudiya Arabistoni, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn Qatarni terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan aloqalarni uzishgan edi.
Mavzuga oid
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026