Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelidagi «yog‘och uylar» bo‘yicha investorlarga taklif beriladi
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi «yog‘och uylar» deb ataluvchi joyda investorlarga yangi turar-joy majmuasini qurish taklif etiladi. Bu haqda bugun tuman hokimi Nozim Husanov ma'lum qildi.
O‘tgan yili rasmiylar vaqtinchalik yog‘och uylarda yashovchilarni ko‘chirishni boshladi. Ular 1966 yildagi zilziladan keyin Toshkentni tiklash uchun kelgan quruvchilarga mo‘ljallangan bo‘lgan. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, 408ta ikki qavatli binolarni ta'mirlashdan hech qanday ma'no yo‘q. Joriy yilda yangi turar-joy majmuasini qurish uchun maydonni keng miqyosda tozalash rejalashtirilmoqda.
«Bu tuman orqali metro liniyasi o‘tadi. Qandaydir ta'mirlash ishlarini bajarish mantiqsiz. Binolar 1968 yilda qurilgan, shuning uchun biz konsepsiyani ishlab chiqyapmiz. Biz uchastkalarni lotlarga ajratamiz va ularni investorlarga taklif qilamiz. Mahalliy aholi sonidan kelib chiqish kerak, bu ularni yangi uy-joyga ko‘chirish uchun kerak», - deydi Husanov.
Ozod bo‘ladigan uchastkalarda investor hali tugallanmagan konsepsiya bo‘yicha boshqa yuqori qavatli binolarni qura oladi. «Investorlarga talab bo‘ladi, ijtimoiy obektlar ham bo‘lishi kerak: bolalar bog‘chalari, maktablar, sport inshootlari», - deydi hokim.
«Biz sarmoyadorlar uchun tender e'lon qilamiz. Ular bizga tijorat takliflarini berishi mumkin. Masalan, aholiga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, yangi ish joylarini yaratish mumkin. Bunday investorlarning afzalliklari bo‘ladi. Biz hali hisob-kitoblarni amalga oshirishimiz kerak, qancha uylarni qurishimiz kerakligi ko‘rib chiqish lozim hamda investorlar uchun aniq takliflar beriladi. Buni shu yil boshlaymiz, endi cho‘zib o‘tirish kerak emas», - deya qo‘shimcha qildi Husanov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hokim Sergeli avtomobil bozorini shahardan tashqariga ko‘chirishga qarshi ekani xabar qilingandi.