Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida mastlik odam o‘limiga sabab bo‘ldi
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida odam o‘limiga sababchi bo‘lgan og‘ir shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi. Bu haqda viloyat IIB Tergov boshqarmasi KUN.UZ’ga ma'lum qildi.
Unga binoan 2018 yil 05 iyun kuni soat 10-00larda Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman IIB Navbatchilik qismiga odam o‘limiga sababchi bo‘lgan og‘ir shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyat sodir etilgani haqida xabar kelib tushgan. Ma'lum bo‘lishicha, shu kuni tungi soat 00-10larda Quyichirchiq tumani, “Mingo‘rik” MFY, Oqqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi 1-guruh nogironi G.X. tanishi A.A. bilan spirtli ichimlik ichib, mast holatdagi A.A.dan uyiga ketishini so‘ragan. Ammo A.A. uyiga ketmaganligi sababli, G.X. unga shu yerdagi ko‘k-oq rangli yelim sopli oshxona pichog‘i bilan o‘ng son ichki qismiga bir marotaba sanchib-kesilgan jarohat yetkazgan. Buning oqibatida A.A. bir qancha vaqt o‘tib hodisa joyida vafot etgan.
Sud oid tibbiy ekspertizasining 05.06.2018 yildagi dastlabki ma'lumotnomasida A.A.ning o‘limi son qismida sanchilgan-kesilgan jarohatda qon tomiri shikasti oqibatida o‘tkir qon yo‘qotishidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026