Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi yirik temiryo‘l chorrahalariga fotofiksatsiya uskunalari o‘rnatiladi
Toshkent viloyatidagi 9ta temiryo‘l chorrahasida foto- va videofiksatsiya qurilmalari o‘rnatiladi. Bunda aholi gavjumligi, asosiy chorraha ekani, tezyurar elektropoyezd harakatlanishi e'tiborga olinadi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB KUN.UZ’ga ma'lum qildi. Shu munosabat bilan YHXB boshlig‘i polkovnik Shavkat Umarov va Boshqarmaning yo‘l harakatini tashkil etishni nazorat etish bo‘limi boshlig‘i mayor Erkin Rahmonberdiyev Rossiyaga xizmat safari chog‘ida ayni shu masalada rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlik qilish masalalarini o‘rganishdi.
Ushbu xizmat safaridan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri Toshkent viloyati hududida “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi harakatlanadigan 9 ta temiryo‘l kesishmalarida sodir etilayotgan qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd qiluvchi maxsus foto va video texnikalarini o‘rnatish hamda ularni onlayn rejimida haydovchilarga yuborish tizimini yo‘lga qo‘yishdir.
Shuningdek, kelgusida shahar-tuman markazlaridagi aholi gavjum joylar, bozorlar, parklar, avtoshohbekatlar, bosh bekatlar, ko‘ngilochar maskanlar atrofida sodir etilayotgan qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd qiluvchi foto va videotexnikalarni o‘rnatish ishlari ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026