76 yoshli fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishga ariza berdi
Surxondaryo viloyatida yashovchi 76 yoshli fuqaro A.A. ayoli bilan ajratishni so‘rab fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudiga murojaat etdi. Sud nikohni ajratishni rad etdi, deyiladi nor.uz saytida.
“Men M.S. bilan 1981 yilda turmush qurib, 1985 yilgacha birga yashadim. Orada bir nafar farzandimiz bor, 1989 yilda tug‘ilgan. Hozirgi paytda u o‘z oilasi bilan yashayapti. Xotinim 1991 yilda uydan butunlay ketib qolgan va boshqa kishi bilan turmush qurib, u oilasidan ham bir nafar farzandi bor, u ham voyaga yetgan.
1991 yildan beri yolg‘iz yashayman. Bu haqda men sudga yozib berganman. Lekin ushbu ishni 2018 yil may oyida ko‘rib chiqqan sud men keltirilgan vajlarni inobatga olmadi. Sud bunday holda taraflarning oilaviy munosabatdagi kelishmovchiliklarni bartaraf etsa bo‘ladigan holat deb hisoblaydi”, - deydi u.
Otaxonning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda uning ikki ko‘zi ham operatsiya qilingan va bir ko‘zi umuman ko‘rmay qolgan. "M.S. bilan oilamiz buzilganiga 27 yil bo‘ldi va u bilan birga yashash niyatim yo‘q”, - degan A.A.
Ushbu masala bo‘yicha A.A. yashaydigan mahalla raisi bilan bog‘lanilganda u A.A. haqiqatan ham 27 yildan beri yolg‘iz yashashini aytgan.
Mavzuga oid
16:52 / 04.10.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosari fuqaroning uyini soxta hujjatlar bilan o‘z nomiga o‘tkazib, sotib yuborgani aytilmoqda
14:52 / 03.10.2024
Surxondaryoda tadbirkor o‘zi tahsil olgan maktab uchun 630 o‘rinli yangi bino qurib berdi
13:10 / 03.10.2024
YeI sudi RF hukumati va firmalariga yuridik yordam ko‘rsatish taqiqlanganini tasdiqladi
11:51 / 01.10.2024