Surxondaryo viloyati, Jarqörğon tumanida çömiliş uçun daryoga borgan 6 nafar yigitning 3 nafari halok böldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Qayd qilinişiça, tumanning Namuna mahallasida istiqomat qiluvçi 18 yoşli 6 nafar yigit çömiliş maqsadida Surxon daryosiga borgan. Ulardan 5 nafari suvga tuşgan va 3 nafarini suv oqizib ketgan. 2 nafarini yaqin atrofda bölgan fuqarolar qutqargan.

Maxsus qutqaruv xizmati ğavvoslari tomonidan ulardan 2 nafarining jasadi suvdan çiqarilgan. Yana bir jasad qidirilmoqda.