Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bag‘doddagi portlashlar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Foto: Ali Abdul Hassan/AP
6 iyun kechki vaqt Bag‘dod sharqidagi Madinat as-Sadrda sodir etilgan portlashlar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 93 kishi yaralandi. Bu haqda Iroq sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Saif Badr “As-Sumariya” telekanaliga ma'lum qilgan.
Jarohat olganlardan 70 nafari zaruriy tibbiy yordamni olgach, shifoxonadan qo‘yib yuborilgan.
Ma'lum qilinishicha, o‘q-dorilar ombori portlagan. Telekanalning politsiyadagi manbasiga ko‘ra, o‘q-dorilar masjidda saqlangan va ular mashinaga ortilayotganda portlab ketgan.
Madinat as-Sadrda diniy yetakchi Muqtada as-Sadrni qo‘llab-quvvatlovchi shialar jamoasi yashaydi. As-Sadrning bloki 12 may kuni o‘tgan parlament saylovlarida g‘olib bo‘lgandi.