Jahon | 18:05 / 07.06.2018
13349
1 daqiqa o‘qiladi

Buenos-Ayresda Niderlandiya qirolichasining singlisi o‘lik holda topildi

Foto: HOLA

Buenos-Ayresda Niderlandiya qirolichasi Maksimaning singlisi Ines Sorregeta o‘lik holda topildi. Bu haqda La Nacion xabar bermoqda.

Gollandiya hukumati vakili u vafot etganini tasdiqlagan.

«Niderlandiya qirolichasi Maksimaning singlisi Ines Sorregeta chorshanba, 6 iyun kuni kechqurun hayotdan ko‘z yumganini tasdiqlaymiz», - deyiladi bayonotda.

Ta'kidlanishicha, qirolichaning singlisi 32 yoshda bo‘lgan. Uni o‘z xonadonidan topishgan. Hozirda uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani noma'lum bo‘lib turibdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid