Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) prezidentining sobiq örinbosari Arndt Fraytag fon Loringxofen noma’lum firibgarlar qurboniga aylandi. Ular aldaş yöli bilan uning Signal messenjeridagi akkauntiga kiriş huquqini qölga kiritgan. Fon Loringxofen bilan özini Signal qöllab-quvvatlaş xizmati xodimi deb taniştirgan erkak boğlangan va undan pin-kodini kiritişni söragan. U esa buni bajargan.
Şundan söng, 69 yoşli sobiq diplomat 12 mart, payşanba kuni Der Spiegel haftanomasiga ma’lum qilişiça, Signal’dagi uning kontaktlari aynan uning akkaunti orqali qandaydir saytga havola olgan. Der Spiegel yozişiça, fon Loringxofen öz aloqa doirasidagi barça şaxslarni bu havolaga heç qanday holatda ötmaslik haqida ogohlantirgan va Signal’dagi akkauntini öçirib taşlagan.
Naşr va Germaniya razvedka xizmati rahbarining sobiq örinbosari bu hodisani rossiyalik hakerlarning global kampaniyasi bilan boğlamoqda. Der Spiegel eslatişiça, fevral oyida Germaniya Konstitutsiyani himoya qiliş böyiça federal idorasi uşbu kampaniya birinçi navbatda rasmiy şaxslar, harbiylar va jurnalistlarga qarşi qaratilganini ma’lum qilgan. Naşr ma’lumotiga köra, hujum qurbonlari orasida Germaniyaning yuqori martabali siyosatçilari, şuningdek xavfsizlik sohasidagi idoralar xodimlari ham bölgan.
Arndt Fraytag fon Loringxofenning sözlariga köra, u bilan sodir bölgan voqea “Rossiya davlat tuzilmalari avvalgi kölamda özining gibrid kampaniyalari va hujumlarini davom ettirayotganini” körsatadi. Jurnalistlar qayd etişiça, 2010 yilgaça BND prezidenti örinbosari lavozimida işlagan fon Loringxofen yovuz niyatli şaxslar uçun ayniqsa muhim nişon hisoblanadi. Nemis diplomati, jumladan, NATO boş kotibining örinbosari bölgan va 2019 yilgaça alyansda ittifoqçi davlatlar maxsus xizmatlari hamkorligi uçun mas’ul bölgan. 2022 yilgaça u Germaniyaning Varşavadagi elçisi bölib işlagan, ikki yildan söng esa Rossiyaning gibrid uruşi haqidagi “Putinning Germaniyaga hujumi” nomli kitobini naşr etgan.
Mart oyi boşida Niderlandiyaning ikki maxsus xizmati Signal va WhatsApp messenjerlarini buzişga qaratilgan global kampaniya haqida ma’lum qildi va buning uçun Rossiya topşiriği bilan harakat qilayotgan hakerlarni javobgar deb körsatdi. “Rossiyalik hakerlar, ehtimol, maxfiy ma’lumotlarga kiriş imkoniga ega bölgan”, — deyiladi Niderlandiyaning Umumiy razvedka va xavfsizlik xizmati (AIVD) hamda Harbiy razvedka va xavfsizlik xizmati (MIVD) qöşma bayonotida.
Ularning ma’lumotiga köra, hakerlar ikki bosqiçli autentifikatsiyada qöllanadigan kodlarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritişga va şaxsiy akkaunt yoki guruh çatlariga kirişga urinmoqda. Reuters agentligining qayd etişiça, Signal messenjeriga nisbatan bunday hujumlarda hakerlar özini Signal Support qöllab-quvvatlaş çat-boti sifatida taniştirib, ehtimoliy qurbonlarni kodlarni oşkor qilişga undaydi. Buzib kirişning yana bir usuli — Signal’dagi “boğlangan qurilmalar” funksiyasidan foydalanişdir. Kontaktlar röyxatida bir xil ikkita foydalanuvçi paydo bölişi yoki telefon raqamlarining “öçirilgan akkauntlar” sifatida körinişi akkaunt buzilganidan dalolat berişi mumkin, dedi Niderlandiya razvedka xizmatlari.












