Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya kompaniyasi 6 ming o‘zbekistonlikni ishga olishni rejalashtirmoqda
Niderlandiyaning MMBS Groep kompaniyasi kelgusida 6 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu masala O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilovning kompaniya rahbariyati bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov (qarorgohi Bryussel shahrida) Niderlandiyaning MMBS Groep kompaniyasi rahbari hamda Bouwmensen Amsterdam ta’lim markazi menejeri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Muloqot chog‘ida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni mustahkamlash, viza tartib-taomillarini soddalashtirish hamda O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi dasturlarini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Niderlandiya tomoni O‘zbekistonning malakali kadrlar yetishtirib berishda ishonchli hamkor ekanini alohida ta’kidladi. MMBS Groep kompaniyasi vakilining ma’lum qilishicha, ayni paytda 40 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis ushbu kompaniyada 2500 yevro maosh bilan ishga joylashtirilgan.
Shuningdek, kompaniya kelgusida yana taxminan 6 ming nafar o‘zbekistonlikni ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Muzokaralar yakunida tomonlar Urganch shahrida qurilish sohasi bo‘yicha birinchi o‘quv markazini tashkil etish, keyinchalik esa santexnika, elektrika va boshqa texnik yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlash markazlarini ochish masalalari yuzasidan kelishuvga erishdi.
Uchrashuv davomida diplomatlar MMBS Groep kompaniyasida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarning mehnat va yashash sharoitlari bilan ham yaqindan tanishdi.
Mavzuga oid
18:42 / 01.06.2026
YeI Qozog‘iston va O‘zbekistonda migratsiya markazi ochishi mumkin - OAV
18:32 / 27.05.2026
2026 yilda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi mamlakatlar e’lon qilindi
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
16:35 / 25.05.2026