Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda imomni o‘ldirgan shaxs umrbod qamaldi
Nyu-Yorkda yashovchi Oskar Morel shtat Oliy sudi tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum etildi, unda muddatdan avval ozod etish borasida murojaat yo‘llash huquqi ham bo‘lmaydi. Bunga uning imom Mavlon Akonjye va uning yordamchisi Tara Uddinni o‘ldirgani sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda The New York Times gazetasi.
Qotillik Kuins tumanida 2016 yilning avgustida yuz bergan. Morel Ar-Furqan masjidi yonida hujumni amalga oshirgan. U o‘z qurbonlariga ortdan kelgan va o‘q uzgan. 55 yoshli imom voqea joyida halok bo‘lgan, uning 64 yoshli yordamchisi esa shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Keyinchalik politsiya Morelni hibsga oldi. Uning uyidan to‘pponcha va o‘q uzgan shaxsning kiyimiga o‘xshash bo‘lgan libos topilgan. Nyu-Yorkda yashovchi shaxsga birinchi va ikkinchi darajali qotilliklar bo‘yicha ayblov qo‘yildi, shuningdek, u o‘q otar qurolni noqonuniy saqlashda ayblandi.
Morel tergov vaqtida hamkorlik qilishdan bosh tortdi hamda ro‘y bergan hodisaga aloqador ekanini tan olmadi. Sud maslahatchilari uni Bangladeshdan bo‘lgan ikki shaxsni qasddan o‘ldirganlikda aybdor, deb topdi.
Mavzuga oid
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
13:52 / 01.05.2026
Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotinini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi
11:04 / 30.04.2026