Jahon | 16:55 / 07.06.2018
108329
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada Rahmat Oqilovga hukm o‘qildi

Shvetsiya sudi 2017 yilning aprelida Stokholm shahri markazida terakt sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilovni umrbod qamoq jazosiga mahkum etdi. 

U terrorizmda va 5 kishining o‘limida, shuningdek yana 119 odamga suiqasdda, 24 kishi hayotiga tahdid qilganlikda aybdor deb topilgan.

The Local xabarida qayd etilishicha, Shvetsiyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar qamoqxonada 16 yilga yaqin vaqt o‘tkazadi. Jazoni o‘tab bo‘lgach, Oqilov mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

2017 yili 7 aprel kuni Shvetsiya poytaxti Stokholmda yuk mashinasi yo‘l chetidagi piyodalar ustiga katta tezlikda kelib, urilgan. Drottninggatan ko‘chasida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi taxminan 500 metr masofani bosib o‘tishi bilan Åhlens​ savdo markazi joylashgan binoga «​bostirib kirgandi»​. Hodisa joyida 5 kishi vafot etdi, yana 15 nafar tinch aholi vakillari jarohat oldi.

Oqilov voqea joyidan qochib ketgan, ammo tez orada qo‘lga olingan, u sudda jinoyatni sodir etganini tan olgan.

Hujumdan oldin Rahmat Oqilov IShIDga qasamyod qilgan. Terrorchilik tashkilotining o‘zi esa hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid