Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan, Stokgolmdagi terakt böyiça iş yuzasidan umrbod ozodlikdan mahrum etilgan Rahmat Oqilov qamoqxonada mahbuslardan birining hujumiga uçradi. Bu haqda Şvetsiyaning SVT telekanali xabar qilmoqda.

Aniqlik kiritilişiça, hodisa ötgan haftaning payşanba kuni Kumla qattiq tartibli koloniyasida yuz bergan, Oqilov bu yerga qamoqxona bölinmalarining biridan olib kelingan.

Hujum noqonuniy ravişda qurol saqlaş va uning aylanmasi uçun tört yilga ozodlikdan mahrum etilgan 24 yoşli mahbus tomonidan sodir etildi. U Oqilovning kamerasiga kirib, eşikni yopib qöygan. Şundan söng, kameradan, hisobotga köra, qiçqiriq va zarba tovuşlari eşitilgan. Soqçilarning körsatmalariga köra, keyin kamerada hujum qilgan şaxs Oqilovga zarbalar berayotgani, u yerda yotganini körişgan. Uşbu hodisani tasvirlab bergan telekanalning ta'kidlaşiça, kamerada aynan nima yuz bergani va Oqilov jarohat olganiga doir ma'lumotga ega emaslar. Hodisa yuzasidan tergov boşlandi. Hujum qilgan şaxs izolyatsiya bölimiga joylaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rahmat Oqilov umrbod qamoq jazosini Şvetsiyadagi eng qattiq tartibli qamoqxonada ötaşi xabar berilgandi.