O‘zbekiston | 23:02 / 07.06.2018
15208
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning «Markaz» desantchilari parashyutda mashg‘ulot o‘tkazishdi (video)

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot xizmati

Bir necha haftalik tinimsiz mashg‘ulotlardan keyin Toshkent harbiy okrugiga qarashli «Markaz» desantchilar tayyorlash bazasida harbiy xizmatchilar “Toshkent dengizi”ga parashyut bilan sakrashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘quv maydonchasida harbiy xizmatchilar parashyut bilan sakrashgacha bo‘lgan barcha jarayonni havo-desant tayyorgarligi ofitserlari va yo‘riqchilar tomonidan o‘tkazilayotgan nazariy, amaliy mashg‘ulotlarda puxta o‘rganib, jangovar vazifani muvaffaqiyatli bajardi.

Harbiylar bir necha kun davomida MI-8 vertolyotidan parashyut bilan 400 metr balandlikdan sakrashni amalga oshirib, jangovar shayliklari, tayyorgarliklari qay darajada ekanligini namoyish etdi. 

Suvga bexato “qo‘nish” desantchidan yetarli tajribani talab etadi. Bunda shamolning yo‘nalishi va tezligini inobatga olish, xavfsiz tushishni ta'minlaydi. Ular suvga tushgandan keyin parashyutni yig‘ishtirib, qayiqchilarga topshirdi va qirg‘oqqacha bo‘lgan 200-300 metr masofani suzib o‘tdi.

Mavzuga oid