Özbekiston Qurolli kuçlari boş ştabi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan general-polkovnik Tölqin Qosimov vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Tölqin Qosimov 1962 yildan boşlab 2003 yilga qadar Qurolli kuçlar safida xizmat qilib, harbiy okrug qömondoni, mudofaa vaziri örinbosari, Özbekiston Qurolli kuçlari akademiyasi boşliği hamda Qurolli kuçlar boş ştabi boşliği kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Xizmati davomida I-II darajali «Şon-şaraf», «Qizil yulduz» va II-III darajali «Vatanga xizmati uçun» ordenlari hamda köplab medallar bilan taqdirlangan.












