Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Mudofaa vazirligining 2025 yil 23 maydagi tegişli qöşma qarori bilan «Umumiy örta ta’lim muassasalaridagi «Jasorat maktablari»ga öquvçilarni qabul qiliş va öquv-tarbiyaviy jarayonni taşkil etiş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Unga köra, «Jasorat sinflari»da:

➖ öqiş muddati yetti yildan (5 — 11-sinflar) iborat böladi;
➖ har yili 4-sinfni bitirgan 26 nafar öquvçi 5-sinf uçun tanlov asosida qabul qilinadi.

«Jasorat maktablari»ga kiriş imtihonlari quyidagi tartibda ötadi:

➖ öqişga kiriş uçun nomzod öquvçilarning hujjatlari ariza.piima.uz platformasida onlayn şaklda qabul qilinadi;
➖ öqişga kiriş uçun kiriş imtihonlari ikki (test hamda jismoniy) bosqiçda amalga oşiriladi;
➖ test sinovlari ötkaziladigan fanlar böyiça topşiriqlar spetsifikatsiyasi va baholaş mezonlari Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan har yili imtihon boşlanişidan bir oy oldin e’lon qilinadi;
➖ test sinovlari ona tili va matematika fanlaridan taşkil etiladi;
➖ kiriş imtihonlarining yakuniy natijalari har yili avgust oyida vazirlik va Jasorat maktablarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

«Jasorat sinflari»da ta’lim jarayonlari quyidagiça olib boriladi:

➖ ta’lim jarayonlari 5-11- sinflarda kunduzgi ta’lim şaklida, umumiy örta ta’lim muassasalari uçun belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oşiriladi;
➖ matematika, ÇQBT, tarix, jismoniy tarbiya, çet tili, fizika fanlari çuqurlaştirilgan holda öqitiladi;
➖ öquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har çorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy maşğulotlar olib boriladi;
➖ 9-sinfni yakunlagan öquvçilarga tayanç örta ta’lim töğrisidagi şahodatnoma, 11-sinfni tamomlagan öquvçilarga umumiy örta ta’lim töğrisida şahodatnoma beriladi.

«Jasorat maktablari»ni bitirgan öquvçilarga imtiyozlar:

➖ a’lo baholar bilan tamomlagan hamda «Vatan tayançi» otryadining a’zosi bölgan bir nafar öquvçiga Mudofaa vazirligi tomonidan oliy harbiy va harbiylaştirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga öqişga kiriş uçun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.